YouTube servisi videolarni Rossiya maydonlariga ko‘chirishda trafikni blokirovka qila boshladi

Фото: Сергей Елагин / Бизнес Online / ТАСС

Rossiyaning RuTube va “VK Video” platformalari Amerikaning YouTube videoxostingidan kontentni ko‘chirishda trafik blokirovkasiga duch keldi, deb yozadi “Kommersant” nashri IT-kompaniyalaridagi manbalarga va mediaxoldinglardan birining top-menejeriga tayanib.

“Odatda ban 12 soat ichida paydo bo‘ladi”, – deydi RuTube vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli platforma videolarni yuklab olish uchun xorijiy VPN-lardan foydalanishga majbur, biroq YouTube hatto chet el IP-manzillaridan kelgan trafikni blokirovka qilmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, RuTube muammoni hal qilish ustida ishlayapti, biroq kontentni uzatish odatdagidan ko‘proq vaqt olishi mumkin.

RuTube bu funktsiyani avgust oyida ishga tushirdi. Odatda, video uzatish jarayoni bir necha soat, lekin ba’zi hollarda bu ikki kundan besh kungacha davom etardi. “VK Video” bunday xizmatni 2023-yildan beri ishlatib keladi. Ular trafik muammolari haqida izoh berishdan bosh tortdi. YouTube servisiga egalik qiluvchi Google jurnalistlarning so‘rovlariga javob bermadi.

YouTube so‘nggi paytlarda shubhali faoliyatni blokirovka qilyapti, deydi nashr manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “agar video yomon obro‘ga ega bo‘lgan va Google akkaunti bo‘lmagan IP-manzildan ko‘rilgan yoki yuklab olingan bo‘lsa, videoxosting tizimga kirish zarurligi haqidagi xabar bilan javob beradi” va agar platforma axborotni avtomatlashtirilgan holda to‘plash uchun foydalanyapti deb hisoblasa, unda videoga kirish blokirovka qilinadi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.