Yuliya Navalnaya “Vanguardia Awards” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi

Юлия Навальная
Фото: REUTERS/Johanna Geron

“Vanguardia Awards” mukofotini Yuliya Navalnayaga Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Barselonada topshirdi. Taqdirlash marosimi Ispaniyaning  “La Vanguardia” gazetasi tomonidan tashkil etildi. “Vanguardia Awards” mukofoti jamiyatning turli sohalarida erishilgan yuksak yutuqlarni taqdirlaydi.

“Bu mukofot men uchun katta ahamiyatga ega. Turmush o‘rtog‘im Aleksey Navalniyning ishini davom ettirish katta mas’uliyat, chunki uning ko‘plab tarafdorlari Rossiyaning demokratik kelajagiga ishonishlarini bilaman”, — dedi Navalnaya marosim chog‘ida.

Yuliya Navalnayadan tashqari yana olti kishi “Barqaror rivojlanish”, “Yil tadbirkori”, “Innovatsiyalar va fan”, “Shahar taraqqiyoti”, “Madaniyat” va “Xotirada” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlandi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.