Isroil Eronning yadro obyektlariga zarba bermaydi — Washington Post

Главное на данную минуту о конфликте между Ираном и Израилем
Фото: МТ

Eronga javob zarbasi berishda Isroil yadro va neft obyektlarini emas, balki harbiy obyektlarni nishonga oladi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH prezidenti Jo Baydenga ma’lum qildi, deb yozadi The Washington Post.

Isroilning Eronning faqat harbiy obyektlariga hujum qilish rejasi Vashingtonda “yengillik” bilan kutib olindi, deyiladi xabarda. Tahlilchilar Eron neft obyektlariga hujum dunyoda energiya tashuvchilar narxi oshishiga olib kelishidan, yadro obyektlariga zarba esa keskinlik yanada avj olib, AQSHni nizoga aralashtirishidan xavfsiragan edi. Bayden avvalroq Isroilni “boshqa variantlar haqida o‘ylab ko‘rishga” chaqirgan edi.

Netanyaxu endi egallagan “bosiqroq pozitsiya” Vashingtonning Tel-Avivga THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini yuborish qaroriga ta’sir qilgani aytilmoqda. Isroilga THAAD batareyasi joylashtirilishi haqida Pentagon 13-oktabrda ma’lum qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.