Erdo‘g‘on Rossiya ishtirokida muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi, Zelenskiy bunga qarshi chiqdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Moskva vakillari ishtirokida Rossiya-Ukraina nizosini tartibga solish bo‘yicha tinchlik sammitini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bunga qarshi chiqdi, deb yozadi “Kommersant”.
“Biz Rossiya ishtirokida tinchlik sammiti o‘tkazishga tayyormiz”, — dedi Erdo‘g‘on Zelenskiy bilan muzokaralar yakunida tashkil qilingan matbuot anjumanida. “Ukraina bilan hamjihatlikni saqlab qolgan holda, biz urushni muzokaralar asosida adolatli tinchlik bilan tugatish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi Turkiya prezidenti.
Ukraina prezidenti bu taklifga rozi bo‘lmadi. Uning fikricha, avval “sivilizatsiyalashgan mamlakatlar” “batafsil reja” ishlab chiqishi kerak, shundan keyingina “adolatli tinchlikka” tayyor Rossiya vakillarini jalb qilish mumkin. “Inauguratsiya sammiti formatiga kelsak… Hamma narsani to‘sib qo‘yayotgan, vayron qilayotgan, o‘ldirayotgan odamlarni qay tarzda taklif etish mumkinligi haqida fikrga ega emasmiz. Bizga natija kerak: adolatli tinchlik, Ukraina uchun adolatli”, — dedi Zelenskiy.
Ukraina turli mamlakatlardagi ko‘p tomonlama konferensiyalarda o‘zining “tinchlik formulasi”ni ilgari surmoqda, u, shu jumladan, Rossiya qo‘shinlarining olib chiqib ketilishini nazarda tutadi. Shveysariya yoz boshida shunday konferensiya o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida tashqi ishalr vaziri Inyatsio Kassis ma’lum qilgan edi. Unga, avvalgi boshqa shunday tadbirlarda bo‘lgani kabi, Rossiya taklif qilinmadi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Rossiya ushbu mavzu bo‘yicha “ikkinchi sammit”ga Rossiya chaqirilishi mumkinligini aytdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainaning “tinchlik formulasi”ni “kasal odamning tasavvuri mevasi” deb atagandi. Kreml fikricha, Rossiya ishtirokisiz vaziyatni tartibga solishning muhokama etilishi kulgilidir. Rossiya “voqelikni hisobga olgan holda” Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini bir necha marta ma’lum qilgan.
Sharhlar