Zelenskiy Rossiya armiyasi Xarkov yo‘nalishida olg‘a siljiganini tan oldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasi Xarkov yo‘nalishida olg‘a siljiganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari u yerda keskin mudofaa janglarini olib bormoqda. Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Xarkov yo‘nalishidagi “murakkab vaziyat” haqida ma’lum qildi.
“Alohida e’tibor Xarkov viloyatiga berilmoqda. Chegaraga tutash hududlarimizning katta qismida mudofaa janglari, keskin janglar olib borilmoqda. Kulrang zonadan jangovar harakatlar zonasiga aylanib qolgan qishloqlar bor”, — deb yozdi Ukraina prezidenti o‘z Telegram-kanalida.
12-may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi “Sever” guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatida to‘rtta aholi punktini nazorat ostiga olganini ma’lum qilgandi. 11-may kuni esa Rossiya idorasi viloyatning beshta aholi punktini qo‘lga kiritgandi.
Sharhlar