Zelenskiy Ukrainada tibbiy marixuanani qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tibbiy maqsadlarda kannabisni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb yozadi Meduza.

Hujjatga muvofiq, tibbiy maqsadlardagi marixuanani faqat yuridik shaxslar yetishtirishi mumkin. Ishlab chiqarish joylarida kecha-yu kunduz videokuzatuv olib boriladi, politsiya esa qaydlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tibbiy kannabis asosidagi dorilar shifokorning elektron retsepti bo‘yicha sotiladi.

Shuningdek, qonunda qayd etilishicha, marixuananing asosiy ta’sir qiluvchi vositasi — tetragidrokannabinolning tibbiy kannabisdagi miqdori “0,3 foizga teng yoki undan oshadi”.

Qonun 16-fevral kuni kuchga kiradi, unda to‘liq foydalanish esa yarim yildan keyin boshlanadi.

Ukraina hukumati tibbiy maqsadlardagi kannabisni qonuniylashtirish zaruriyatini bunday dorilar posttravmatik stress buzilishiga uchragan harbiylar reabilitatsiyasi uchun talabgir ekani bilan izohlagandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.