56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej-texnikumda o’qishi mumkin

Foto: Zamin.uz

Bugun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz  saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashning so‘nggi kuni.

Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej va texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.  Ma’lumot uchun, joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻyilsa boʻldi. Shuningdek,  abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.