Endilikda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, ya’ni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi
Bundan buyon viloyat rahbariyatining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha Farg‘onada yangi tizim bo‘lishi belgilandi.
Viloyat hokimining o‘zi va har bir o‘rinbosari, 19 ta tuman va shahar hokimi kuniga kamida 5 tadan tadbirkor va xorijiy investorni qabul qilib, ularni muammosini hal qiladi.
Ular har hafta televideniye, radio orqali aholi va tadbirkorlarga bo‘layotgan o‘zgarishlarni aytib boradi. Yil yakunida ularning faoliyati sarhisob qilinib, tegishli chora ko‘riladi. Viloyat kengashi deputatlari ham komissiya tuzib, har bir raqamni nazoratga olishi muhimligi qayd etildi.
Prezident Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ham tizimni o‘zgartirish zarurligini ta’kidladi.
Mahalla yettiligida qanday ishlash kerakligi bo‘yicha tajriba to‘plandi, ularga bank-moliya instrumentlari bilan ko‘maklashish joriy qilindi. Shu bilan birga, tizim kengaygan sari yangicha yondashuvga ehtiyoj sezilmoqda.
Ehtiyojmand aholi daromad manbai bilan ta’minlanmasa, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta murojaat etishi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, ya’ni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi.
Шарҳлар