Iyul oyida 55 803,3 ming litr tabiiy gazlangan mineral suvlar ishlab chiqarilgan
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko’ra, Respublikada 2024- yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 55 803,3 ming litr tabiiy gazlangan mineral suvlar ishlab chiqarilgan.
2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 208 152,5 ming litr tabiiy gazlangan mineral suvlar ishlab chiqarilgan.
Mazkur ishlab chiqarish 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 35,6 % ga oshgan.
Ma’lumot o’rnida bu raqamlar gazli suvga qaraganda gazsiz mineral suvda bir necha barobar ko’p. Taqqoslash uchun Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-mart oylarining o’zida 110,3 mln litr tabiiy mineral gazsiz suv ishlab chiqarilgan.
Улашиш:
Шарҳлар