O‘zbekistonda chiqindilarni yig‘ish xizmatlaridan qarzdorlar elektr tokidan uzib qo‘yila boshladi
O‘zbekistonda chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlardan qarzdorligi bo‘lgan fuqarolar uchun elektr energiyasini uzib qo‘yish boshlandi. Bu haqda fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
Ulardan ba’zilari ta’kidlashicha, chiqindi yig‘ish xizmatlariga yanvar oyidayoq butun yil uchun oldindan to‘lov qilib qo‘yishgan, ammo keyinchalik tariflar oshirilgan (shu jumladan, QQS joriy qilingani tufayli). Endi ularga qo‘shimcha mablag‘ to‘lashni talab qiluvchi va aks holda chiroq o‘chirilishi haqida ogohlantiruvchi SMS-xabarlar kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-iyundan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlardan olti oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasi to‘lovi bo‘yicha cheklovlar joriy etiladi. 2025-yil 1-yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlarida kommunal xizmatlar uchun 1 oylik qarzdorlikka elektr energiyasi to‘loviga cheklovlar joriy etiladi. Bu O’zbekiston Prezidentining 2024-yil 4-yanvarda imzolangan “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5-sonli farmonining 4-bandida ko‘rsatilgan.
Sharhlar