Farg‘onada o‘g‘il onasining barmoqlarini kesib tashladi

Foto: videodoan ko'chirma

Xabar berilishicha, oxirgi paytlarda Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaroning ruhiy salomatligida o‘zgarishlar kuzatilgan. Onaning so‘zlariga qaraganda, o‘g‘lining ahvoli yomon holatga kelib, ko‘ziga tez-tez bir nimalar ko‘rinadigan bo‘lib qolgan.

Shundan so‘ng, ona o‘g‘lini bir necha marotaba shifoxonaga olib kelib, ma’lum vaqt davolatgan. O‘sha kuni ham uning ko‘ziga bir nimalar ko‘ringan va onasini kaltaklab ketgan.

“Shuningdek, o‘g‘il qo‘lidagi qaychi bilan onasining barmoqlarini kesib tashlagan”, – deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.