FVV cho‘milish havzalaridagi xavfsizlik qoidalari haqida muhim tavsiyalar berdi 

Foto: sputnik

Favqulodda vaziyarlar vazirligi cho‘milish havzalarida xavfsizlik qoidalariga amal qilish haqida muhim tavsiyalar berdi.

Asosoiy qoidalar:

  • Avvalambor, faqatgina ruxsat etilgan suv havzalarida cho‘milish tavsiya etiladi;
  • Havzaga kelib, darhol suvga tushmaslik kerak. Bu tomirlarning tortishishiga olib keladi;
  • Badanni 10-15 daqiqa suvga ko‘niktirib, so‘ng ohista suvga tushish va cho‘milish zarur;
  • Havo harorati 23 darajadan past bo‘lgan vaqtda ochiq joyda cho‘milish mumkin emas;
  • Suvga bosh bilan sho‘ng‘ish o‘ta xavfli;
  • Ovqatlanish va suzish davridagi oraliq vaqt muhim ahamiyatga ega. Bir vaqtning o‘zida ham cho‘milish, ham tamaddi qilish taqiqlanadi;
  • Quyoshda uzoq toblangandan keyin ham suvga tushish yoki sho‘ng‘ish tavsiya etilmaydi. Bu holat muskullarni qisqartirib, yurak faoliyatining to‘xtashiga olib kelishi mumkin;
  • Suzish havzasida 40 daqiqadan ortiq turmaslik kerak. Suvning harorati 28,5-28,8 daraja bo‘lishi zarur.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.