Toshkentning to‘rtta tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Газ Ташкент отключение
Фото: Открытые источники

Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ayrim hududlariga 26-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar bermoqda.

Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari: “Zarqurg‘on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, S-mavze, “Ko‘tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, “2-Qatortol”, “Yakkabog‘”, “Qazirabod”, “Tirsakobod”, “Mehrijon”, “Katta Xirmontepa” MFYlaridagi 1963 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 6858 ta xonadon.
Ulgurji isteʼmolchilar: Ushbu hududdagi 68 ta ulgurji isteʼmolchilar

Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari: “Tepa Qo‘rg‘on”, “Ko‘xna Cho‘pontepa”, “Bog‘obod”, “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFYlari, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari ko‘p qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon.
Ulgurji isteʼmolchilar: Ushbu hududdagi 76 ta ulgurji isteʼmolchilar

Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari: “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar: 10 ta

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari: “Qizg‘aldoq” MFYdagi 260 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar: 4 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.