Toshkentning uchta tumanida gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatiladi

Источник: pixabay.com

Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkentning Chilonzor, Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlariga 10-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda.

Chilonzor tumani: Gavhar, Tirsakobod 4-tor ko‘chalari
Aholi isteʼmolchilari soni: 36 ta yerli xonadon, ko‘p qavatli uylardagi 364 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta
AGTKSH: 1 ta

Yangihayot tumani: “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi turmush”, “Yorqin hayot”, “Yangi hayot”, “Oriyat”, “Gulshanobod”, “Marhamat” va “Zarbdor” MFYlari
Aholi isteʼmolchilari soni: 85 ta yerli xonadon, ko‘p qavatli uylardagi 10542 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 55 ta

Mirzo Ulug‘bek tumani: Sho‘rtepa, Oyishaxonim, Sh.Burxon, Sh.Burxon 1-tor ko‘chalari
Aholi isteʼmolchilari soni: 217 ta yerli xonadon
Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.