FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keladi

Фото: Sportbox

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 6-oktabr kuni Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

Ayni paytda O‘zbekistonda futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati davom etmoqda. Bir necha kundan soʻng dunyoning eng kuchli futzal terma jamoasi nomi maʼlum boʻladi.

Aynan JCH final uchrashuvini bevosita “Humo” arenasidan tomosha qilish hamda tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 6-oktabr kuni FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekistonga yetib kelishi rejalashtirilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.