O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev fransiyalik raqibini mag‘lub etdi

Foto: “Yuz.uz”

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Yuz.uz”.

Bektemir fransiyalik Per Yuber Dibombegaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang 7-raundda Bektemirning qoshidagi jarohat sababli to‘xtatildi. 7 raunddan so‘ng hisoblangan ochkolar bo‘yicha (79-73, 79-73, 78-74) Meliqo‘ziyev raqibidan ustun keldi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Inter-Continental kamarini saqlab qoldi.

Shuningdek, Bektemir WBA reytingini ham yaxshilab oldi. Dibombe esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.