O‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Фото: @Department_uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. fuqaro G.S.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi tibbiyot oliygohida o‘qiyotganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib berib, keyinchalik Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga o‘qishini ko‘chirib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Departament matbuot xizmati yozyapti.

Shu kabi, “Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  fuqarolar U.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning o‘qishini Qirg‘iziston Respublikasi oliygohidan Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga ko‘chirib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, – deyiladi xabarda.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.