O‘zbekiston bo‘ylab yangi 3 ta reyslar qatnovi yo’lga qo’yiladi

Foto: kun.uz

O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarni yanada osonroq va qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Silk Avia” aviakompaniyasi oktabr oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab yangi uchta yo‘nalishda muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Xususan, 8-oktabrdan Farg‘onadan Samarqandga hamda Qo‘qondan Buxoroga, shuningdek, 11-oktabrdan Qo‘qondan Termizga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Parvozlar haftada bir marta:

“Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona” va “Qo‘qon – Buxoro – Qo‘qon”  yo‘nalishda har seshanba hamda “Qo‘qon – Termiz – Qo‘qon” yo‘nalishda har juma kunlari amalga oshiriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.