O‘zbekiston IQ darajasi bo‘yicha jahon reytingida 80-o‘rinni egalladi

Фото: dropi ru

IQ darajasi bo‘yicha jahon mamlakatlari reytingida O‘zbekiston 115 ta o‘rindan 80-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda International IQ test portali. O‘zbekiston aholisining o‘rtacha darajasi 94,81 ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich bilan reytingda u Iroq va Ukraina o‘rtasida joylashdi.

Reytingning eng yuqori o‘rinlarini Janubiy Koreya (107,54), Xitoy (106,99) va Eron (106,84) band qildi, Gabon (86,09) esa eng oxirgi o‘rinda joylashdi.

Qozog‘iston 97,26 IQ darajasi bilan 64, Qirg‘iziston 93,4 ko‘rsatkich bilan 89 hamda Tojikiston 93,17 IQ bilan 97-o‘rinlarni egalladi.

Ta’kidlashicha, 90—120 atrofidagi IQ darajasi normal hisoblanadi, natija 140 balldan yuqori bo‘lsa, bu juda yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, turli faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishgan shaxslarga xosdir.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.