Pizza Pitch XL – startaplar uchun noyob loyihada ishtirok eting

Sizda startap uchun g’oya yoki tayyor loyihangiz bormi? Uni dunyoga ko’rsatishni va dunyodagi eng yirik startap tadbirlaridan biri – Lissabondagi Web Sammitda ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritishni xohlaysizmi? U holda bu yangilik aynan siz uchun!

PizzaPitch XL – bu tadbirkorlar uchun noyob imkoniyat:
✅ Loyihangizni keng auditoriyaga taqdim eting.
✅ Tajribali tadbirkorlardan qimmatli maslahatlar oling.

PizzaPitch XL Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladigan BMTTD “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi ko’magida, shuningdek, bizning hamkorlarimiz C-Space va CS// Angels Club tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

⏰ Ishtirok etish uchun havola orqali ariza topshirishing. Arizalar 10-avgustgacha qabul qilinadi.

🗓 Tadbir sanasi: 2024-yil 17-avgust
📍 Manzil: U-Enter 

Вarcha ma’lumotlar: @pizzapitchuz

Avvalgi tadbir jarayonlari ushbu havolada.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.