Qurilish–ta’mirlash ishlariga budjetdan qancha mablag‘ ajratilmoqda

Фото: норма

2024-yilda qurilish–ta’mirlash ishlari uchun budjetdan katta miqdorda mablag‘ ajratiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Husan Shorahimov ma’lum qildi.

Ushbu dasturga asosan 2024-yilda budjetdan 20 trln. 424 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi va 1.724 ta obyektdaqurilishi – ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Xabarga ko‘ra, “nazorat tadbirlarida obyektlarning narxini asossiz ravishda oshirilishi va ortiqcha xarajatlar qilinishining oldini olishga alohida e’tibor berilmoqda”.

Buning natijasida 2023 va 2024-yilgi dasturlardagi qurilish obyektlarining loyiha – smeta hujjatlarini tayyorlashda 4  trln. so‘mga yaqin ortiqcha xarajat maqbullashtirildi.

Shuningdek, obyektlarni o‘rganish mobaynida 77 mlrd. so‘mlik 3.716 ta ishlar sifatsiz bajarilgani, 1.639 ta holatda 74 mlrd. so‘mlik ishlar qo‘shib yozilgan aniqlanib,  bartaraf  ettirilishiga erishilgan.

“Qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan esa 673 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, 5,5  minga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari  tiklandi”, – deyiladi xabarda.

Hozirda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.