Samarqand viloyatidagi hududlar kuchli yomg‘ir oqibatida suv ostida qoldi
20-aprel kuni Samarqand viloyatining ayrim hududlarida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida yomgʻir suvlari toʻplanib qolish holatlari kuzatildi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ushbu holatlar yuzasidan izoh berdi.
“Urgut tumani hududlarida qisqa vaqt ichida koʻp miqdordagi yomgʻir yog‘ishi va yomg‘ir suvlari yigʻilib, suv o‘tkazish tizimiga sigʻmasdan toshib chiqishi holati kuzatildi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu hodisalardan fuqarolarning jabrlanish va binolarga talafot etish holatlari bo‘yicha ma’lumotlar kelib tushmagan.
Hozirda FVB, IIB, hokimlik va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Fuqarolardan shu kunlarda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishini hisobga olib, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rib, yashash xonadonlar va ko‘cha hamda dala hovlilarda joylashgan ichki suv ariqlarini tozalash so‘raldi.
Sharhlar