Shu yil boshidan buyon qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Oltinsoy tumani hokimligi

Prokuratura organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 20 mlrd. so‘m zarar undirildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov.

Prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilaga har tomonlama ko‘mak berilmoqda.

“Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 243 456 nafar xotin – qizlar va 23 234 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilishga doir ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Aholi bandligini ta’minlash sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 337 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 1 283 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi”, – deyiladi xabarda.

Ushbu sohada o‘tkazilgan o‘rganishlarda 31 087 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, 174 nafar ishchi – xizmatchilarning kechiktirilgan 510 mln. so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.