So’ngi 7 yillikda Rossiya fuqaroligini olganlar 22-noyabrga qadar qasomyod qilishmasa, undan ayriladi

Foto: SOTAvision

2024-yil 22-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qilish to‘g‘risida qaror chiqarilgan shaxslar uchun Rossiya Federatsiyasi fuqarosi sifatida Qasamyod qabul qilish muddati yakunlanadi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. Ushbu qaror avval amal qilgan 2002-yil 31-maydagi 62-FZ-sonli “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Federal qonunga muvofiq qabul qilingan.

2024-yil 23-noyabrdan boshlab, qasomyod qilmagan shaxslar Rossiya fuqaroligini olmagan deb hisoblanadi va ularning fuqarolikni qabul qilish haqidagi qarorlari bekor qilinadi.

Mazkur normalar Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2023-yil 22-noyabrdagi 889-sonli “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi masalalari” to‘g‘risidagi Farmonining 3-bandida belgilangan.

Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini Qasamyod qabul qilish majburiyati joriy etilgan sanadan (2017-yil 1-sentabr) oldin olgan yoki fuqarolikni qabul qilish paytida Qasamyoddan ozod qilingan shaxslarga ushbu qoidalar taalluqli emas.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.