Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga raislik Ozarbayjonga o‘tdi

Фото: xabardor.uz

Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga raislik Ozarbayjonga o‘tdi. Bu haqdagi qaror Bokuda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi XIII yig‘ilishida qabul qilindi, deb xabar bermoqda UzA.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi No‘mon Qurtulmush raislikni Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarovaga topshirdi.

Bugun Boku shahrida assambleyaning 13-yalpi majlisi doirasida parlamentlar bosh kotiblarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tuzilma doirasida parlament apparatlari rahbarlari hamkorligi istiqboli muhokama qilindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.