Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro reytingdan o‘rin oldi

Фото: ЎзА

Buxoro davlat tibbiyot instituti “Round University ranking (RUR)” xalqaro reytingida ilk bor qatnashib, ”TOP 1000” universitetlar ro‘yxatiga kirdi. Unga ko‘ra, institut o‘qituvchilar reytingi 680, tadqiqotlar reytingi 1104, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish reytingi 863, moliyaviy barqarorlik reytingi 986 kategoriyada o‘rin egallagan. Bu haqda O’zA xabar bermoqda.

Mazkur reyting oliy ta’lim muassasalarining global reytingi bo‘lib, unda dunyoning bir necha yuzlab yetakchi universitetlari faoliyati to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha taqsimlangan yigirma ko‘rsatkich asosida baholanadi.

“Round University ranking (RUR)” dunyoning 1200 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasasi faoliyatini baholagan bo‘lib, umumiy ro‘yxatda AQShning  149 ta, Germaniyaning 15 ta, Angliyaning 71 ta, Rossiyaning 131 ta universiteti joy olgan.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida Buxoro davlat tibbiyot instituti 5-o‘rinni egallagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.