“Krokus”dagi teraktdan keyin Rossiyada 11 kishi, shu jumladan, 4 gumonlanuvchi qo‘lga olingan
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov prezident Vladimir Putinga 11 kishi, shu jumladan, “Krokus Sitit Xoll”da terakt sodir etishda gumonlanayotgan to‘rt nafar shaxslarning barchasi qo‘lga olingani haqida hisobot berdi, deb yozadi Meduza.
Bortnikov Putinga FXX terrorchilarning sheriklarini aniqlashtirish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan.
Avvalroq Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn Bryansk viloyatida teraktga aloqador ikki kishi ushlangani haqida OAVlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqlagan edi. Renault avtomobili huquq-tartibot organlari talabi bilan to‘xtamagan va qochishga uringan. Mashinaga qarata o‘t ochilgan va u ag‘darilib ketgan. Ikki kishi qo‘lga olingan, qolganlar qidirilmoqda. Avtomobil salonidan “PM” to‘pponchasi, Kalashnikov avtomati magazine va Tojikiston fuqarolari pasportlari topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Bryansk viloyatida huquq-tartibot organlari xodimlari “Krokus Siti Xoll” konsert zalidagi terakt yuzasidan qidirilayotgan avtomobilni to‘xtatgani xabar berilgan edi. Mashinada, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi bo‘lgan, ularning ikki nafari qo‘lga olingan, qolganlar qochib ketgan. Tojikiston fuqarolari qo‘lga olingan, deyiladi xabarda.
Keyinroq Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi respublika fuqarolari Podmoskovyedagi teraktga aloqadorligi haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi.
Sharhlar