JSST: 2020—2021-yillarda COVID-19 pandemiyasi tufayli qariyb 13 mln kishi vafot etgan
2020 va 2021-yillarda COVID-19 pandemiyasi tegishli ravishda 4,1 million va 8,8 million kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’ruzasida aytiladi. Koronavirus 2020-yilda eng keng tarqalgan o‘lim sabablari orasida uchinchi o‘rinni, 2021-yilda esa ikkinchi o‘rinni egallagan.
JSST ma’ruzasiga ko‘ra, COVID-19 tufayli kutiladigan umr davomiyligi ikki yil ichida 1,8 yilga kamayib, 71,4 yoshga —2012-yildagi darajaga tushdi. 2021-yilda “global kutiladigan sog‘lom hayot davomiyligi” 1,5 yilga kamayib, 61,9 yoshni tashkil qildi.
Pandemiya oqibatlari butun dunyo bo‘ylab notekis aks etmoqda. Eng ko‘p jabrlangan hududlar Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘lib, u yerlarda 2020—2021-yillar mobaynida kutiladigan umr davomiyligi taxminan uch yilga, kutiladigan sog‘lom umr uzoqligi esa ikki yarim yilga qisqardi.
Sharhlar