24 yilga koloniyaga hukm qilingan Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri ishlamayapti

Фото: kaztag.kz

Qozog‘istonda 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Quandiq Bishimbaуev koloniyada ishlamayapti. Bu haqda Jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasi (JITQ) ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.kz.

JITQ ma’lumotlariga ko‘ra, Bishimbaev jazoni maksimal xavfsizlikka ega muassasada o‘tamoqda.

“Bo‘sh ish o‘rinlari yo‘qligi sababli, mahkumning kundalik ish tartibi jazoni ijro etish tizimi muassasalarining ichki tartib-qoidalari va amaldagi jazo qonunchiligi talablari asosida amalga oshirilmoqda”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Avvalroq Bishimbaуev koloniyada qanday ish bilan shug‘ullanishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi. JITQ raisi Tenizjan Janibekovning so‘zlariga ko‘ra, sobiq milliy iqtisodiyot vaziri “Yenbek”ka yog‘och va metallga ishlov berish yo‘nalishida ishga joylashishi mumkin.

Qayd etib o‘tamiz,13 may kuni Astana shahrida Saltanat Nukenovaning o‘ldirilishi bo‘yicha sud nihoyasiga yetdi. Sud sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Quandiq Bishimbaevni xotinini qiynoqqa solib o‘ldirishda aybdor deb topdi. U 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Uning ukasi Baxitjan Bayjanov jinoyatni yashirganlikda aybdor deb topilib, to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi.

26-iyun kuni sud hay’ati Bishimbaуev va Bayjanovlarning apellyatsiya shikoyati bo‘yicha qaror qabul qilib, hukmlarni o‘zgartirishsiz qoldirdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.