34 yil qamoqxonada o‘tirgan amerikalik aybsiz bo’lib chiqdi
34 yil avval qotillikda ayblanib qamalgan amerikalik Kristofer Dann aybsiz, deb topildi. Bu haqda “Midwest Innocence Project” inson huquqlari tashkiloti ma’lum qildi.
Missuri Oliy sudi Kristofer Dannga ko‘p yillik tutqundan so‘ng ozodlikka chiqish yo‘lini ko‘rsatdi. deyilgan bayonotda. – Kris qilmagan jinoyati uchun panjara ortidan, nihoyat, oilasi bag‘riga qaytdi.
NBC telekanali xabar berishicha, 18 yoshli Dann 1990-yil o‘smirni otib o‘ldirishda ayblangan. Jismoniy dalil yo‘qligiga qaramay, u birinchi darajali qotillikda aybdor, deb topilib, shartli ravishda ozod qilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Hukm 12 va 14 yoshli guvohlar ko‘rsatmasiga asoslanib chiqarilgan. Keyinroq guvoh o‘smirlar so‘zidan qaytib, prokuror va politsiya tomonidan majburlanganini tan olgan.
Soxta ayblov bilan qamoqda o‘tkazgan yillari uchun jabrlanuvchiga tovon to‘lanishi haqida ma’lumot berilmagan.
Sharhlar