AQSH Ukrainadan Rossiya neft zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni so‘ragan — FT
AQSH hukumati Ukrainani Rossiya energetika infratuzilmasiga hujumlarni bas qilishga chaqirgan, deb xabar bermoqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib.
Vashington uchuvchisiz uchar qurilmalarning Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalari jahon neft narxi o‘sishiga olib kelishidan, shuningdek, Moskvani javob choralari ko‘rishga gijgijlashidan xavfsiramoqda.
Amerika ma’muriyati Ukraina xavfsizlik xizmati va Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasini bu haqda bir necha marta ogohlantirgan.
Oq uy fikricha, hujumlar oqibatida G‘arb tayanadigan energetika infratuzilmasiga zarar yetishi mumkin — masalan, Qozog‘iston nefti yetkazib beriladigan Kaspiy quvur konsorsiumi quvuri ziyon ko‘rishi mumkin.
Ukraina harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yildan buyon Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga kamida 12 marta hujum qilingan (2024-yilda kamida 9 marta). O‘tgan hafta Kiyev ikki marta dronlar yordamida eng yirik hujumlarni amalga oshirdi, natijada ketma-ket bir necha kun ichida Rossiyaning yettita energetika obyektiga muvaffaqiyatli zarbalar berildi.
Sharhlar