AQSH Vakillar palatasi a’zosi Bayden lavozimidan chetlatilishini talab qilmoqda

Фото: РИА

AQSH Kongressi Vakillar palatasidagi respublikachi Ken Bak prezident Jo Baydenning ruhiy layoqati yuzasidan savollar tufayli, uni lavozimidan chetlatishga da’vat etmoqda.

Vakillar palatasining Kolorado shtatidan a’zosi, respublikachi Ken Bak Fox News Digital’ga ma’lum qilishicha, dushanba kuni u Baydenning kabinetini Konstitutsiyaga 25-tuzatishni qo‘llashga chaqiruvchi rezolyutsiyani taqdim etmoqchi.

U maxsus prokuror Robert Gurning Bayden maxfiy hujjatlar bilan qanday yo‘l tutgani haqidagi ma’ruzasiga tayangan. Ma’ruzada prezidentga nisbatan qandaydir ayblovlar e’lon qilish bo‘yicha tavsiyalar bo‘lmagan, ammo u bir necha marta xotirasi yomon va keksayib borayotgan yetakchi sifatida tavsiflangan.

Bak aytishicha, ma’ruzada “ko‘plab amerikaliklar allaqachon o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib ishonch hosil qilgan narsa — prezident Bayden o‘z ofisining eng muhim vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga ortiq qodir emasligi masalasi ko‘tariladi”.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.