Makron Ukrainaga qo‘shinlar yuborilishini istisno qilmadi

Фото: РБК

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijdagi sammit yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida kelajakda ukrainaga qo‘shinlar yuborilishini istisno qilmadi, deb xabar beradi BFMTV.

“Bugungi kunda quruqlik qo‘shinlarini yuborish bo‘yicha rasmiy, taxminiy va ma’qullangan shaklga ega konsensus yo‘q. Ammo kelajakda hech narsani istisno qilib bo‘lmaydi”, — dedi Makron. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ehtimol “variantlar orasida tilga olingan”.

O‘z navbatida, Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte qo‘shinlarni yuborish masalasi “kun tartibidan o‘rin olmagani”ni ta’kidladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.