Chexiya Ukrainaga yana 100 ming birlik o‘q-dorilar yuboradi
Iyul va avgust oylarida Ukrainaga yana 100 ming birlik oʻq-dorilar yuboriladi, degan Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy.
“Iyul va avgust oylarida biz yana 100 ming oʻq-dori yuboramiz. Endi biz yangi o‘q-dorilar sotib olish uchun mablag‘ izlayapmiz, shunda tashabbus 2025-yilda ham davom ettirilishi mumkin”, — deya Lipavskiyning so‘zlarini keltiradi Chexiya axborot agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha Ukrainaga 500 ming dona o‘q-dori yetkazib berish rejalashtirilgan.
Joriy yilning fevral oyida Chexiya prezidenti Petr Pavel Ukraina uchun 800 ming dona snaryadlarni sotib olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ yig‘ilsa, uchinchi mamlakatlarda xarid qilish imkoniyatini e’lon qilgandi.
YeI va NATOning 15 ta davlati Praga tashabbusiga qo‘shilib, o‘q-dorilar sotib olish uchun 1,6 milliard yevro ajratgandi.
Sharhlar