DPA: Rossiya NATOning Germaniyadagi bazasiga dronlar bilan hujum qilishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi
Rossiya Germaniyaning Gelzenkirxen shahridagi NATO havo bazasida dronlar yordamida qo‘poruvchilik qilishni rejalashtirgan, deya xabar beradi Deutsche Presse-Agentur (DPA) nemis razvedkasiga tayanib.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda xorijiy razvedka xizmatlari ma’lum qilgan.
Gelzenkirxen aerodromida 14 ta Boeing E-3A Airborne Warning & Control System (AWACS) samolyotlari joylashtirilgan bo‘lib, ular uzoq masofadagi havo va yer usti nishonlarini aniqlay oladigan uzoq masofali radarlar va sensorlar bilan jihozlangan. Bunday samolyot 9150 metr balandlikda uchadi va 300 ming kvadrat kilometrdan ortiq kuzatuv maydonini egallaydi.
Yil boshida Rossiya qurolli kuchlari Rossiyada ishlab chiqarilgan ikkita o‘xshash razvedka samolyoti – A-50 ni yo‘qotgandi. Ukraina harbiylari ular Ukraina qurolli kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qilishdi va Z-kanallari Rossiya havo mudofaasidan do‘stona otishma haqida yozdi.
O‘tgan hafta Alyans “ehtimoliy tahdid” tufayli bazada xavfsizlikni kuchaytirdi va ehtiyot chorasi sifatida o‘z xodimlarini uylariga jo‘natdi. Aerodromda ham, NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida ham dronlar parvozlari haqidagi taxminlar rad etildi.
8-vgustga o‘tar kechasi Germaniya shimolida birinchi marta dron kuzatildi. Shundan so‘ng, mamlakat havo hududida yana bir nechta dron paydo bo‘ldi, jumladan 22-avgust kunida. Parvozlar, shuningdek, sanoat parki, tugatilgan atom elektr stantsiyasi va yangi suyultirilgan tabiiy gaz terminali ustida ham qayd etilgan.
Bular aniqlash tizimlaridan qochish uchun maxsus ishlab chiqilgan harbiy dronlar bo‘lishi mumkin, deydi politsiya. Ular faqat tunda soatiga 100 km tezlikda harakat qilgan, manyovrlar qilgan, chiroqlarni yoqib-o‘chirgan, shuningdek, tez-tez balandlikni o‘zgartirgan.
Germaniya xavfsizlik idoralari dronlarning qaerdan uchirilgan bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda, ular Shimoliy dengiz va Boltiq dengizidagi Rossiya kemalaridan yoki Kaliningraddan uchirilgan bo‘lishi mumkin.
Sharhlar