Issiqko‘l tog‘larida to‘rt nafar Chexiya fuqarosi halok bo‘ldi
Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Jirgalan qishlog‘ida Chexiya va Slovakiyadan kelgan bir guruh ekstremal sportchilar qor ko‘chkisi ostida qoldi, to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Gid Andrey Yeroxin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, voqea “Balkon” sektorining shimoli-g‘arbiy qiyaliklarida yuz bergan. Ayni paytda jasadlarni evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi — Chexiya fuqarolari. Sportchilar mamlakatga tog‘larda uchish uchun kelgan.
Ulashish:
Sharhlar