Luganskka raketa zarbasi berildi, neft bazasi yonib ketdi (video)

Lugansk shahri chekkasidagi neft bazasi zarbaga uchradi. Bu haqda o‘z-o‘zini respublika deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi rahbari Leonid Pasechnik ma’lum qildi, deb yozadi Meduza. U hujumda Ukraina armiyasini aybladi.

“Voqea joyida FVV xodimlari ishlamoqda. Hozirda asosiy vazifa — tinch aholi va ularning uylarini alangadan himoyalash uchun yong‘inni o‘chirishdan iborat”, — dedi u.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, neft bazasining besh nafar xodimi jabrlangan, ular kasalxonaga yotqizilgan. LXR rahbari zarba ATACMS tezkor-taktik raketalari bilan berilganini taxmin qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi voqea yuzasidan izoh berganicha yo‘q.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.