Isroil G‘azo sektoridagi maktabga zarba berdi, 100 kishi halok bo‘ldi
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi Al-Tabain maktabiga zarba berganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. SAXAL buni binoda Falastinning HAMAS harakatining qo‘mondonlik markazi joylashgani bilan izohladi. O‘nlab odamlar qurbon bo‘ldi.
Isroil armiyasi da’vo qilishicha, HAMAS qo‘mondonlik markazida SAXAL harbiylariga va Isroil davlatiga qarshi hujumlar rejalashtirilgan. “Zarbadan avval oddiy fuqarolarga zarar yetishi xavflarini kamaytirish uchun ko‘p sonli choralar ko‘rildi, shu jumladan, manzilli o‘q-dorilar, havo kuzatuvi va razvedka ma’lumotlaridan foydalanildi”, — deyiladi SaXAL xabarida.
Falastinning WAFA agentligi va boshqa bir qator OAVlar xabarlariga ko‘ra, kamida 100 kishi halok bo‘lib, o‘nlab odamlar yaralangan.
Sharhlar