AQSH Ukrainaga 300 km masofali ATACMS raketalarini yashirincha yetkazib bergan — Reuters

США тайно поставили Украине ракеты ATACMS большой дальности
Источник: life.ru

AQSH Ukrainaga uzoq masofali ATACMS raketalarini maxfiy ravishda yetkazib bergan, deb xabar qiladi Reuters o‘z manbasiga tayanib. Ushbu raketalar 12-mart kuni AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan tasdiqlangan Ukraina uchun harbiy yordam paketiga kiritilgan. O‘z ismini oshkor qilmagan amerikalik mansabdor yetkazib berilgan raketalarning soniga aniqlik kiritmadi.

Shuningdek, Ukraina bu raketalardan birini 17-aprel kuni Rossiyadagi nishonlarga qarshi qo‘llagani ham ma’lum bo‘ldi.

Ukraina AQSH yuborgan ATACMS raketalarini o‘tgan hafta, 17-aprel kuni Rossiyadagi nishonlarga qarshi ikki marta qo‘lladi. Nishon front chizig‘idan 165 km masofada, Qrimda joylashgan aerodrom bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Baydenning ma’muriyatida Ukrainaga 300 kilometr masofali ATACMS raketa tizimlarini yuborish yuzasidan uzoq vaqt muhokama olib borilgan. Ayni vaqtda o‘rta sinfdagi ATACMS Ukrainaga o‘tgan yil sentabridayoq yuborilgandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.