Yevropa kutubxonalaridan noyob kitoblarni o‘g‘irlagan Gruziya fuqarolari qo‘lga olindi
Yevroittifoqning to‘rtta mamlakatida va Gruziyada jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi, ular Yevropa kutubxonalaridan noyob kitoblarni o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi Yevropol matbuot xizmati.
Yevropa politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar Chexiya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Latviya, Litva, Polsha va Shveysariya milliy va tarixiy kutubxonalaridan noyob kitoblarni o‘marib ketgan. Ularning asosan rus yozuvchilarining kitoblarini, xususan, Aleksandr Pushkin yoki Nikolay Gogolning ilk nashrlarini o‘g‘irlashni ko‘zlagan.
Gumonlanuvchilar kutubxonalarga kelib, “alohida, akademik qiziqishga ega” odamlar kabi ularga antikvar kitoblarni ko‘rsatishni so‘ragan. So‘ng ular kitoblarni puxtalik bilan o‘lchab, suratga tushirgan. Bir necha kun, hafta yoki oy o‘tgach, jinoyatchilar qaytib kelib, yana xuddi shu kitoblarni so‘ragan, ammo bu safar ular qalbaki kitoblarni qaytargan. Ekspertlar nusxalar “a’lo sifat”ga ega deb baholadi.
Boshqa holatlarda esa gumonlanuvchilar “shunchaki kutubxonalarga bostirib kirgan”, deyiladi Yevropol xabarida.
Tergov versiyasiga ko‘ra, jinoiy guruh qariyb 2,5 million yevrolik kamida 170 ta kitobni o‘g‘rilagan. Ularning ba’zilari Sankt-Peterburg va Moskvada auksion uylari tomonidan sotilgan, bu esa ularni qaytarish imkoniyati yo‘qligini bildiradi.
Sharhlar