Papua — Yangi Gvineyada yer o‘pirilishidan keyin 2 mingdan ortiq kishi yer ostida qoldi (video)
Papua — Yangi Gvineyaning Enga viloyatida yer ko‘chishi oqibatida ikki mingdan ortiq odam yer ostida qoldi. Bu haqda Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy markazining BMTga yo‘llangan xatida aytiladi, deb yozadi “RBK”.
“Vaziyat beqaror bo‘lib qolmoqda, chunki yer o‘pirilishi asta-sekinlik bilan davom etmoqda, natijada qutqaruv jamoasi uchun ham, omoq qolganlar uchun ham doimiy xavf yuzaga kelmoqda”, — deyiladi hujjatda.
Avvalroq qutqaruvchilar 670 kishining jasadini aniqlagan edi.
Hudud relyefining o‘ziga xosligi, voqea joyining uzoqligi va ichki nizolar yordam yetkazib berilishini murakkablashtirmoqda va omon qolganlarni topish imkoniyatini kamaytirmoqda. Jabrlangan hududda 4 mingga yaqin odam istiqomat qilgan, biroq aniq hisob-kitob yo‘q, chunki u yerda aholi so‘nggi marta 2000-yilda ro‘yxatga olingan, ko‘plab odamlar uzoq tog‘li qishloqlarda yashaydi. Hukumat qurbonlarning ko‘pchiligini 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etishidan xavotirda.
Yer ko‘chishi 24-may kuni yuz berdi. Enga viloyati mamlakat poytaxti Port-Morsbidan taxminan 600 km masofada joylashgan. Kamida 150 ta uy vayronalar ostida qoldi. Qariyb 1250 kishi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Sharhlar