Qozog‘iston Rossiya qimmatli qog‘ozlaridan xalos bo‘lishni talab qildi

Фото: DW

Qozog‘iston Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi o‘z mijozlarini Rossiya Milliy hisob-kitob depozitariysiga (MHKD) qarshi sanktsiyalar qo‘llanilishi munosabati bilan 2024-yil 1-avgustgacha Rossiya qimmatli qog‘ozlarini uning nominal saqlanishidan chiqarish bo‘yicha buyruqlar berishga chaqirdi. Bu haqda 11-iyul kuni RBK agentligi qozog‘istonlik brokerlardan birining bildirishnomasiga tayanib xabar beradi.

Xabarnomalar “alohida omonatchilarga” yuborilgan va MHKDga qarshi blokirovka qiluvchi sanksiyalar joriy etilishi bilan bog‘liq, deya tasdiqlagan RBKga depozitariy vakili. Shuningdek, u mijozlar qog‘ozlarini 10-avgustgacha chiqarib olishlari mumkinligini ta’kidladi.

Ushbu shartlar Moskva birjasi va uning tuzilmalariga, shu jumladan MHKDga qarshi operatsiyalarni yakunlash uchun sanktsiyalar kiritilganidan so‘ng berilgan AQSh G’aznachilik departamentining (OFAC) Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasining bosh litsenziyasi bilan bog‘liq, deya tushuntirgan huquqshunoslar RBKga.

Qozog‘istonda Rossiya qimmatli qog‘ozlarining hajmi 1,4 milliard dollarga yetishi mumkin

Qozog‘istonda Rossiya qimmatli qog‘ozlarining aniq hajmi noma’lum, biroq RBK xabariga ko‘ra, 2022-yilda qozog‘istonlik brokerlar Rossiya “OFZ” bilan 1,4 milliard dollarlik bitimlarni amalga oshirgan, huquqshunoslar olib qo‘yilmagan aktivlar muzlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

12-iyun kuni AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga aloqador shaxslar va kompaniyalarga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qilgandi. Ro‘yxatga Rossiya va boshqa mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan 33 kishi hamda 300 ga yaqin korxona va tashkilot kiritilgan. Cheklovlarga Moskva birjasi, Milliy kliring markazi va Rossiya Federatsiyasining Milliy hisob-kitob depozitariysi ham tushgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.