Ukrainada qurol ishlab chiqarish bo‘yicha maxfiy zavodlar tarmog‘i yaratilgan — El Mundo

Foto: 24tv.ua

Ukrainada qurol ishlab chiqarish bo‘yicha maxfiy zavodlar tarmog‘ini qurishgan, ularning bir qismi yer ostida joylashgan, qolganlari “ulkan bezaklar bilan niqoblangan”. Bu haqda Ispaniyaning El Mundo nashri Ukraina qurol-yarog‘ sanoatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Ushbu zavodlar joylashgan joy “mutlaqo maxfiy”, deyiladi xabarda.

El Mundo suhbatdoshi aytishicha, hozir Ukrainani eng ko‘p xavotirga solayotgan narsa zavodlar Rossiya qo‘shinlaridan qanchalik bekitilganidir. “Biz ishchilar orasidan bir nechta sotqinlarni topsik”, — dedi manba.

Jurnalistlar suhbatdoshi ta’kidlashicha, Ukrainada “Yevropaga yetishmayotgan narsa bor, Yevropada esa bizga yetishmayotgan narsa bor”. “Bizga pul va shartnomalar yetishmayapti, Yevropaga esa Rossiya tahdidi tufayli qayta qurollanish imkoni beruvchi zavodlar yetishmayapti. Bu yerda bizda ular xohlayotgan narsani istalgan Yevropa zavodidagidan ancha qisqa muddatda ishlab chiqarish imkonini beruvchi tajriba va resurslar bor”, — dedi manba.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.