Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

Фото: Дмитрий Духанин, Коммерсантъ

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov pora olishda gumonlanib, qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda mamlakat Tergov qo‘mitasi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ivanov ushlangani haqida xabardor qilingan. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga esa bu haqda oldindan ma’lum bo‘lgan.

Ivanov o‘z vazifasini 2016-yildan buyon egallab kelmoqda. Bungacha u Mudofaa vazirligi qaramog‘idagi “Oboronstroy” AJni boshqargan.

2022-yil dekabrida Korrupsiyaga qarshi kurash fondi Timur Ivanov va uning sobiq rafiqasi Svetlanaga tegishli mol-mulk haqida surishtiruv e’lon qilgan edi. Fond rahbari Aleksey Navalniyning safdoshlari ularning millionlab yevroga teng ko‘chmas Mulki, antikvariat va zargarlik buyumlari hamda avtomobillari haqida ma’lumotlar topdi, ular, shu jumladan, NATO mamlakatlarida ham bo‘lgan. Ivanovlar homiylaridan biri bosib olingan Mariupolda qurilish bilan shug‘ullanuvchi pudratchi kompaniya bo‘lib chiqdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.