Ukrainada urushning borishiga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan beshta omil
Ukrainadagi urush uzil-kesil pozitsion holatga o‘tdi, G‘arb yordami juda qisqardi, Rossiya armiyasi esa to‘ldirilgach, frontning bir nechta hududlarida Ukraina qo‘shinlarini siqib chiqara boshladi.
Ammo frontda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmasa ham, avvalgidek urush ketmoqda. Bundan keyin nima bo‘ladi va Ukrainada urushning borishiga qanday omillar ta’sir qilishi mumkin? BBC News o‘z maqolasida shu savollarga javob berdi.
- Yangi qurol: dronlar
Rossiya va Ukraina Xitoydan havo dronlarini yig‘ish uchun butlovchi qismlar sotib olmoqda. Ekspertlar aytishicha, dronlar, xoh dengiz, xoh havo dronlari bo‘lsin, urush xususiyatini o‘zgartiradi. Ammo bu unday emas. Dronlar hududlarni egallay olmaydi yoki ozod qila olmaydi, buning uchun piyoda jangchilar va zirhli texnika kerak. Shu sababli oddiy qurol-yarog‘larsiz eplab bo‘lmaydi.
- Qiruvchilar
Ukraina 2022-yildan buyon o‘ziga G‘arb qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishiga erishish uchun harakat qilmoqda. Hozir Daniya va Niderlandiya birgalikda 60 dan ortiq F-16 yuborishni va’da qilmoqda. Bu yerda son katta rol o‘ynaydi. Agar qiruvchilar soni yetarli bo‘lsa, ular urushning borishini o‘zgartira oladi.
- Chet el harbiy ko‘magi
G‘arbdan o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ yetkazilishidagi uzilishlar fronda Ukraina armiyasi kuchsizlanib qolishiga olib keldi. Masalan, Ukraina qurolli kuchlari Avdeyevkadan chekindi. Yevropaning Ukrainaga yordami oshayotgan bo‘lishiga qaramasdan, AQSHdagi bo‘lg‘usi saylovlar ukrainaliklarga yetkaziladigan yordam hajmi qisqarishiga olib kelishi mumkin.
4. Safarbarlik
Ayni paytda, birinchi navbatda shaxsiy tarkib va texnika yetishmovchiligi sababli, frontda tomonlarning hech biri qat’iy hujum qila olmaydigan holatning yuzaga kelishi na Rossiyani va na Ukrainani qoniqtirayotganini hisobga olganda, har ikkala tomon ham yana bitta safarlik to‘lqinini o‘tkazishini taxmin qilish mumkin.
- Iqtisodiyot
Yevropa harbiy sanoatini katta qiyinchilik bilan va juda sekin qayta tashkillashtirayotgan bir paytda, Rossiya iqtisodiyoti yaxshigina natijalarni ko‘rsatmoqda. 2023-yilda u hatto o‘sishni boshladi. Barqarorlik sababi — ulkan budjet xarajatlarida: hukumat urushga katta pul sarf qilmoqda, bu pullar esa butun iqtisodiyot bo‘ylab taqsimlanmoqda.
Ammo budjet mablag‘iga bog‘liq bo‘lgan bu harbiylashtirilgan iqtisodiyot allaqachon cho‘qqisiga yetgan, ya’ni u xuddi shunday sur’atlar bilan uzoq vaqt o‘sa olmaydi. Agar iqtisodiy inqirozning o‘zi urushning borishini o‘zgartirishi amri mahol bo‘lsa, u ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqarishi, Rossiya hukumati esa unga choralar ko‘rishga majbur qolishi mumkin.
Sharhlar