Rossiyaning Voronej viloyati osmonida 30 dan ortiq dron urib tushirildi
Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari Voronej viloyati osmonida 30 dan ortiq uchuvchisiz uchar qurilmalarni yo‘q qildi. Bu haqda gubernator Aleksandr Gusev ma’lum qildi.
Infratuzilma va uy-joylarga yetgan zarar katta emas. Dronlar hujumi xavfi saqlanib qolmoqda.
Buturlinovskiy tumanida xususiy uy va transformator podstansiyasiga zarar yetgan. Sovetskiy tumanida do‘konlardan biriga ziyon yetgan. Odamlar jabrlanmagan.
13-martga o‘tar kechasi Rossiyaning Bryansk, Belgorod, Kursk va Voronej viloyatlari dronlar hujumlariga uchradi.
Ulashish:
Sharhlar