Xitoyda “Bebinka” to‘foni sababli 1600 dan ortiq reys bekor qilindi
Xitoyning sharqiy qismidagi aeroportlarda Yanszi deltasi hududidagi to‘fon tufayli 1600 dan ortiq reys bekor qilindi. So‘z Shanxay, Xanchjou, Ningbo va Nankindagi havo portlari haqida bormoqda, deya xabar beradi XXR fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi.
Dushanba kuni ertalab Shanxayda to‘fon boshlandi. Shaharning markaziy qismida shamol tezligi taxminan 42 m/s ni tashkil qilgan. “Bebinka” asta-sekin zaiflashib, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakat qilmoqda. Yomon ob-havo Shanxay, Chjetszyan, Szyansu va Anxoy provintsiyalarida havo qatnoviga ta’sir ko‘rsatgan. Bu 1949-yilda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan beri Shanxaygacha yetib kelgan eng kuchli tropik tsiklon hisoblanadi.
Mamlakat markaziy meteorologiya departamenti 15-sentyabr kuni xavfning eng yuqori darajasini e’lon qildi. Shanxay hukumati xavfli hududlardan 400 mingga yaqin odamni evakuatsiya qilgan. Yuzlab kemalar ekipajlariga yomon ob-havodan portlarda boshpana topish tavsiya qilingan.
Sharhlar