Ukraina qurolli kuchlari yana bitta Su-34 samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi

Фото: Википедия

Ukraina qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk ukrainalik harbiylar sharqiy yo‘nalishda yana bitta Su-34 samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC.

Bu so‘nggi uch kun ichida urib tushirilgan uchinchi Su-34 samolyotidir. Bir kunda ikkita samolyot yo‘q qilingani haqida ukrainalik harbiylar 27-fevralda ma’lum qilgandi.

Amerikaning Forbes jurnali avvalroq so‘nggi vaqtlarda UQK tomonidan frontda urib tushirilayotgan Rossiya samolyotlari soni keskin o‘sgani sabablarini tushuntirib bergandi.

Nashr eslatishicha, so‘nggi ikki hafta ichida UQK o‘nta Rossiya samolyotlarini urib tushirganini ma’lum qilgan, ammo Rossiya armiyasi bu axborotni rasman tasdiqlamagan.

“Ehtimol, UQK Havo kuchlari Amerikaning Patriot pusk qurilmalarining ba’zilarini front chizig‘iga yaqin masofalarda tezkor harakatlanib, Rossiya samolyotlariga RAS-1 raketalari bilan zarba berishga qodir havo hujumiga qarshi mudofaa mobil guruhlariga bergan bo‘lishi mumkin. Ular tezkorlik bilan joylashuvini o‘zgartirib, shu tariqa qarshi hujumlardan qochadi”, — deyiladi Forbes xabarida.

Shuningdek, nashr qayd etishicha, ukrainalik harbiylar katta ehtimol bilan o‘zlarining NASAMS havo hujumiga qarshi mudofaa qurilmalarining ba’zilarini front chizig‘iga yaqin joyga joylashtirgan.

Ushbu vaziyatda UQK uchun xavf shundan iboratki, Patriot va NASAMS Amerikada ishlab chiqarilgan raketalardan foydalanadi, AQSH esa o‘tgan yil dekabrida hech qanday o‘q-dori yetkazib bermagan, deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.