Yaponiya iqtisodiyoti 2018-yil oxiridan beri birinchi marta resessiyaga kirdi
Yaponiya statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya iqtisodiyoti 2023-yilning to‘rtinchi choragida retsessiyaga kirgan, bu 2018-yil oxiridan beri birinchi marta sodir bo‘ldi.
Mavsumiylikni hisobga olgan holda real YAIMning pasayishi oktabr-dekabrda choraklik hisobda 0,1 foizni, iyul-sentyabrda esa 0,8 foizni tashkil etgan.
Shunday qilib, mamlakat retsessiyaga kirgan – 2018-yilning uchinchi va to‘rtinchi choragidan beri birinchi marotaba. Shuningdek, Yaponiya iqtisodiyotida retsessiya davrlari 2001, 2008-2009 va 2012-yillarda qayd etilgandi.
Texnik retsessiya – bu yalpi ichki mahsulotning ikki chorak ketma-ket pasayishidir. Bu ko‘pincha aholi va davlat tomonidan iste’molning qisqarishi va buning natijasida sotuvlar va turdosh tarmoqlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishi tufayli yuzaga keladi.
Shuningdek, 2023-yil oxirida Yaponiya dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti sifatida Germaniyaga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi: uning nominal YaIMi dollar hisobida 4,21 trillionni, Germaniyaniki esa 4,46 trillionni tashkil etgan.
Sharhlar