Qirg‘izistonlik ayol O‘zbekistonga 32 mingta qo‘rg‘oshin o‘q olib kirishga urindi (video)

Фото: пресс-служба ГТК

Andijon viloyatida qirg‘izistonlik ayol O‘zbekistonga bolalar aravachasida pnevmatik qurol uchun 32 mingta qo‘rg‘oshin o‘q olib o‘tishga urindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ayol “Do‘stlik” chegara posti orqali O‘zbekistonga pnevmatika uchun snaryadlarni olib kirmoqchi bo‘ldi. U yukni bola o‘tirgan aravachaga bekitgan. Qirg‘iziston bilan chegarada tekshiruv chog‘ida bola o‘rindig‘i ostida qo‘shimcha joy borligi aniqlandi.

U yerdan pnevmatik qurol uchun 4,5 millimetrli 32 mingta qo‘rg‘oshin o‘q topildi. Ushbu holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.